AsosiyJamiyat

Farg`onada YTHga uchragan avtomobillar «paradi» bo`lib o`tdi (+foto)

'Farg`onada YTHga uchragan avtomobillar «paradi» bo`lib o`tdi (+foto)'ning rasmi

Farg`ona viloyatining 12 ta tuman va shaharlarida Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan yo`l-transport hodisasiga uchragan avtomobillar "paradi" uyushtirildi. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma`lumotiga tayanib, "Daryo" nashri xabar berdi.

Ushbu tadbir "Yo`l harakati xavfsizligi targ`ibot kuni" va "Avtomobilsiz kun" aksiyalari doirasida haydovchi va piyodalar hushyorligini oshirish, ularni yo`l harakati qoidalariga rioya qilishga chaqirish maqsadida o`tkazilgan.

Viloyatning barcha shahar-tumanlarida "Targ`ibot avtokarvonlari" tashkil etilib, odamlarga yo`l-transport hodisalari qanday mudhish oqibatlarga olib kelishi tushuntirilgan.

— Yo`l-transport hodisasiga uchragan har bir mashina qaysidir holatga bag`ishlangan. Mashinalarda jarohatlangan va hatto "halok bo`lgan" haydovchilarni ham ko`rish mumkin, - deyiladi xabarda.

Fotolavha:

    Boshqa yangiliklar