Hukumat qarori bilan 2019 yilda Toshkent shahri bo`yicha jami 10 ta maktab rekonstruksiya qilinib, 40 tasi kapital ta`mirlanadi.
Toshkent shahri umumta`lim maktablari faoliyatini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risidagi hukumat qarori 2019 yilning 17 avgustida qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.
Qarorga ko`ra, 2019 yilda Toshkent shahri bo`yicha jami 10 ta maktab rekonstruksiya qilinib, 40 tasi kapital ta`mirlanadi.
Rekonstuksiya va kapital ta`mirlash ishlari uchun 2019 yil yakuniga qadar qo`shimcha 400 mlrd so`m ajratiladi.
2020 yildan boshlab tajriba-sinov tariqasida maktablarni xususiy sektor vakillariga qurish-ta`mirlash, boshqarish, foydalanish uchun berish usullari amaliyotga joriy qilinadi.
2019 yil 1 dekabrga qadar Toshkent shahridagi maktablarni oliy ma`lumotli kadrlar bilan to`ldirish, oliy toifali o`qituvchilar sonini oshirish, bir nafar o`qituvchiga to`g`ri keladigan o`rtacha o`quvchilar ulushini bosqichma-bosqich xalqaro standartlarga moslashtirish bo`yicha dastur ishlab chiqiladi.
2019−2020 o`quv yilidan boshlab yuqori sinf o`quvchilari uchun «Yosh pedagog sinflari» tashkil etiladi.