Sud Tashqi mehnat migrasiya masalalari agentligi rahbariyatiga hukm chiqardi

Jinoyat 20.08.2019, 19:40
Sud Tashqi mehnat migrasiya masalalari agentligi rahbariyatiga hukm chiqardi

2019 yil 19 avgust kuni jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent shahar sudida sudlanuvchilar Ravshan Ibragimov (1966 yilda Andijon viloyatida tug`ilgan, millati - o`zbek, O`zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma`lumoti - oliy, oilali, muqaddam sudlanmagan, Tashqi mehnat migrasiyasi masalalari agentligi boshlig`i lavozimida ishlagan), Ulug`bek Nazarov (1977 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan, millati - o`zbek, O`zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma`lumoti - oliy, oilali, muqaddam sudlanmagan, Tashqi mehnat migrasiyasi masalalari agentligi boshlig`i o`rinbosari lavozimida ishlagan), Alijon Abdullaev (1983 yilda Andijon viloyatida tug`ilgan, millati - o`zbek, O`zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma`lumoti - oliy, oilali, muqaddam sudlanmagan, Tashqi mehnat migrasiyasi masalalari agentligi Fuqarolarni chet elda ishga joylashtirish masalalari departamenti Chet elda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo`lganlarni topish va ro`yxatga olish bo`limi boshlig`i lavozimida ishlagan) va Ozod Maxsudov (1970 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan, millati - o`zbek, O`zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma`lumoti - oliy, oilali, muqaddam sudlanmagan, Tashqi mehnat migrasiyasi masalalari agentligi Jo`nab ketishdan oldingi moslashtirish va o`qitish markazi direktori lavozimida ishlagan) ga nisbatan jinoyat ishini ko`rib chiqish bo`yicha sud jarayoni nihoyasiga etdi va sud hukmi e`lon qilindi.

Mazkur jinoiy ish jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent shahar sudi sudyasi Orif Qlichev raisligida hamda xalq maslahatchilari X. Rixsieva va G. Qosimovadan iborat sud tarkibida ko`rib chiqildi.

Sud hukmiga ko`ra:

R. Ibragimov O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi, 28,211-moddasi 3-qismi “a”, “b” bandlari va 278-2-moddasi 2-qismi “v”, “g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 59-moddasiga asosan uzil-kesil o`tashlik uchun 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o`tash belgilandi.

U. Nazarov O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a”, “b” bandlari, 278-2-moddasi 2-qismi “v”, “g” bandlari va 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 59-moddasiga asosan uzil-kesil o`tashlik uchun 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o`tash belgilandi.

A. Abdullaev O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi, 28,211-moddasi 3-qismi “a”, “b” bandlari, 278-2-moddasi 2-qismi “v”, “g” bandlari va 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 59-moddasiga asosan uzil-kesil o`tashlik uchun 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o`tash belgilandi.

O. Maxsudov O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi, 28,211-moddasi 3-qismi “a”, “b” bandlari va 278-2-moddasi 2-qismi “v”, “g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 59-moddasiga asosan uzil-kesil o`tashlik uchun 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o`tash belgilandi.

Mazkur jinoiy ish bo`yicha sudga raislik qiluvchi tomonidan sudlanuvchilarga va boshqa tomonlarga hukm ustidan shikoyat qilish tartibi va muddati tushuntirildi.

Aziz Obidov,

O`zbekiston Respublikasi

Oliy sudi matbuot xizmati rahbari

vazifasini bajaruvchi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1