Fag`onalik ayol eridan 680 000 dollar o`g`riladi

Jinoyat 20.08.2019, 23:32
Fag`onalik ayol  eridan 680 000 dollar o`g`riladi

Farg`ona viloyati Qo`qon shahrida tadbirkorning uyidan xotini va haydovchisi 5 mlrd so`mdan ortiq pullarni o`g`irladi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbirkor I.I.ga nisbatan sodir etilgan ushbu o`g`irlik jinoyat ortidan Qo`qonda yog`och, shakar, shirinliklar savdosi bilan shug`ullanadigan tadbirkorning o`z xotini, Z.I., uning haydovchisi O.I., xotinining dugonasi va dugonasining turmush o`rtog`i A.D. va R.U. hamda Qo`qon shahrida mashhur bo`lgan folbin M.A.ga nisbatan jinoyat ishi ochildi.

Ayblanuvchilarga O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi(JK)ning 169-moddasi 4-qismi “a” bandi va 243-moddasi va 168-moddasi tartibida jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Voqealarga doir rasmiy hujjatda, Z.I. (xotini) turmush o`rtog`i I.I. (eri)ning unga nisbatan munosabati o`zgarib, boshqa ayollar bilan gaplashib yurganidan rashk qilib, uni jazolash maqsadida, turmush o`rtog`i va uning yaqin qarindoshlariga tegishli bo`lgan pullarini o`g`irlik yo`li bilan talon-toroj qilish rejasini tuzib, turmush o`rtog`i I.I.ning pullar saqlanadigan temir seyf kalitini yashirincha qo`lga kiritib, jami milliy so`mga nisbatan qiymati 283 532 200 so`mni tashkil qilgan juda ko`p miqdordagi 35000 AQSh dollar pullarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, o`zining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarf qilgani aytilmoqda.

Z.I. turmush o`rtog`i I.I. bilan oilaviy munosabatlari sababli o`zaro kelishaolmay o`z ota uyiga ketib qolib, shu erda yashab yurgan vaqtda muqaddam oilasiga haydovchilik qilgan I.O. bilan gaplashib, u bilan yaqin munosabatda bo`lib, unga turmush o`rtog`i I.I.ning yotoqxonasidagi juda ko`p miqdorda pullar saqlanadigan seyfning kalit nusxasini I.O.ga bergan.

I.O. esa I.I. va uning oila-a`zolariga tegishli juda ko`p miqdordagi AQSh dollar pullarini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida Qo`qon shahar Xo`jakent 4-tor ko`chasi raqamsiz uyga kelib, devor orqali g`ayriqonuniy ravishda hovliga kirib, u erdan I.I.ning yotoqxonasiga deraza orqali kirib, Z.I. tomonidan berilgan kalit yordamida seyfni ochib, uning ichidan I.I. va uning yaqin qarindoshlariga tegishli milliy so`mga nisbatan qiymati 5 mlrd 508 mln 625 ming 609 so`mni tashkil qilgan juda ko`p miqdordagi 680 000 AQSh dollar pullarni yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.

Shundan so`ng I.O. va Z.I. jinoiy yo`l bilan qo`lga kiritilgan pullarni o`rtada taqsimlab, o`zlarining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflashgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1