AsosiyJamiyat

Bugun “MY5”da nimalarni tomosha qilish mumkin

Bugun “Mening yurtim” telekanali orqali kechki dasturlarda “Sakkizinchi sinov” dasturida o`z qo`shiqlari bilan ko`pchilikka manzur Manzuraning “Qaysi oziq-ovqat umuman aynimaydi?”, “Qaysi buyuk bastakor uylanmagan?”, “Tog`oraga suv solib, undan keyin tuz qo`shib, aralashtirsa, nima hosil bo`ladi?” kabi savollarga javobini bilib olasiz.

Bundan tashqari Manzuraning Mavluda Asalxo`jaeva qo`shiqlaridan birini qanday qilib jonli ijro etganligiga ham guvoh bo`lasiz.

Tungi dasturlarda esa “Paranoya” hamda “Jonli po`lat” badiiy filmlarini tomosha qilishingiz mumkin.

Shuningdek, “Yulduzli tun” musiqiy dasturida sevimli san`atkorlaringiz xonishlaridan bahramand bo`lish imkoniyatiga egasiz.

    Boshqa yangiliklar