2014 yilning 15 dekabridan Xorazmning sayyohlik salohiyatini yuksaltirish, aviayo`lovchilarga xizmat ko`rsatish sifatini yaxshilash maqsadida “Urganch” aeroportida uchib ketish terminali foydalanishga topshirildi, deya xabar bermoqda uz24.uz nashri.
Yangi terminal yo`lovchilarga jahon standartlariga javob beruvchi zamonaviy qulayliklarga ega. Endilikda binoda xalqaro, mahalliy aviayo`nalishlar hamda CIP zallari yo`lovchilar xizmatida bo`lib, ularning har birida alohida pul ayirboshlash shahobchasi, ona-bola xonasi, tibbiyot punkti mavjud.
.jpg)
Binoda aviasiya xavfsizligini yuqori darajada ta`minlash maqsadida zamonaviy muhandislik va texnologik uskunalar o`rnatilgan. Shuningdek, Duty-free do`koni, kafeteriy ham ishlab turibdi.
Loyihaning bosh loyihalovchilari «O'zshaharsozlik LITI» DUK, pudratchi tashkilot «93-Maxsustrest» OAJ hisoblanadi.

Eslatib o`tamiz, shu yilning may oyida uchib keluvchi yo`lovchilar uchun jahon standartlari talablariga javob beruvchi yangi terminal ham ekspluatasiyaga topshirilgan edi.






