AsosiyJamiyat

Energiya tejovchi uskunalar xarid qilgan shaxslarga kompensasiya beriladi

'Energiya tejovchi uskunalar xarid qilgan shaxslarga kompensasiya beriladi'ning rasmi

Prezidentning energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishga oid qarori qabul qilindi.

Qarorga ko`ra:

- xususiy xonadonlarda quyosh fotoelektrik stansiyalari (o`rtacha 2 kVt) va quyosh suv isitkichlari (o`rtacha 200 litr) o`rnatiladi;

- nostandart gaz-gorelkali qurilmalari energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalarga almashtiriladi.

2020 yil 1 yanvardan:

- jismoniy shaxslarga quyosh fotoelektrik stansiyalari, quyosh suv isitkichlari, shuningdek, energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalarni sotib olish xarajatlarining 30 foizi miqdorida, biroq:

- quyosh fotoelektrik stansiyalari uchun – 3 million so`mdan;

- quyosh suv isitkichlar uchun – 1,5 million so`mdan;

- gaz-gorelkali qurilmalar uchun – 200 ming so`mdan oshmaydigan miqdorda kompensasiyalar taqdim etiladi.

O`zbekistonda quyosh panellari ishlab chiqariladi

Qaror bilan 2019 yil 1 sentyabrdan boshlab ilgari foydalanilgan generator uskunalari, kuchlanishni pasaytiruvchi transformatorlar, elektr dvigatellar, shuningdek, energiya samaradorligi D toifadagi energiya sarflovchi uskunalarni respublika hududiga olib kirish taqiqlanadi.

    Boshqa yangiliklar