“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati xodimlari iste`molchilarga elektr energiyasini sifatli va uzluksiz etkazib berishga alohida e`tibor qaratmoqda, deya xabar bermoqda uza.uz.
Qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko`rish maqsadida yaroqsiz holga kelgan kabel tarmoqlari yangisiga almashtirildi, hududlar oralig`idagi tarmoqlar xalqalandi, transformator va havo elektr tarmoqlarida mukammal sozlash ishlari bajarildi. Korxona va tashkilotlarda elektr energiyasi iste`molini nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini yo`lga qo`yish bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
17.12.2014 15:07





