1

MIB oilalarni yarashtirishda davom etmoqda

Jinoyat 26.08.2019, 14:54
MIB oilalarni yarashtirishda davom etmoqda

Majburiy ijro byurosi M.Ulug`bek tumani bo`limi ish yurituvidagi aliment undiruvi bilan bog`liq bo`lgan ijro hujjatlarini ijrosini ta`minlashda joriy yilning iyul va avgust oylari davomida 7 nafar oilalar yarashtirilgan va ijro ishi yurituvi tamomlangan.

Jumladan, Fuqarolik ishlari bo`yicha M.Ulug`bek tumanlararo sudining 15.07.2019 yildagi yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor A.Rasulovdan undiruvchi G.Hasanova foydasiga voyaga etmagan bir nafar farzandining ta`minoti uchun ¼ qism miqdorida aliment undirish belgilangan edi. Ijro harakatlari jarayonida shuningdek, olib borilgan targ`ibot-tushuntirish ishlarida natijasida mazkur ajrashgan oila yarashib bugungi kunda bir oila bo`lib yashashmoqda. O`zbekiston Respublikasi «Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 40-modda 1-qismiga asosan mazkur aliment undiruvi bilan bog`liq ijro ishi tamomlangan.

Fuqarolik ishlari bo`yicha M.Ulug`bek tumanlararo sudining 08.01.2012 yildagi yildagi sud buyrug`iga asosan qarzdor A.Kabakovdan undiruvchi N.Kabakova foydasiga voyaga etmagan bir nafar farzandining ta`minoti uchun aliment undirish belgilangan edi. Olib borilgan targ`ibot ishlari natijasida 1 nafar farzandining taqdiriga befarq bo`lmagan ota ona o`zaro yarashishdi.

Huddi shunday, qarzdor D.Utepov ham undiruvchi I.Utepova foydasiga voyaga etmagan bir nafar farzandining ta`minoti uchun 1/4 qism miqdorida aliment to`lab berishi lozim edi, tushuntirish ishlari natijasida er va xotin yana oilani tiklashga qaror qilishdi va bugungi kunda bir oila bo`lib yashashmoqda

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1