O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi, Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasi, O`zbekiston Yoshlar ittifoqi tomonidan e`lon qilingan “Bolalar va yoshlarni mutolaaga jalb qilish bo`yicha eng yaxshi uslubiy ishlanma/loyiha” Respublika tanlovi sizning ana shu mavzu doirasidagi tashabbusingiz uchun ayni muddao...
▪Tanlovning maqsadi — jamiyatda kitob va kitobxonlikning nufuzini oshirish, kitobni ma`naviy meros sifatida asrab-avaylash va rivojlantirishga qaratilgan eng yaxshi uslubiy ishlanma/loyihalarni aniqlash va ommalashtirish.
▪Tanlovning vazifalari — tanlov ishtirokchilarini bolalar va yoshlarni mutolaaga jalb qilishning innovasion shakllari va usullarini ishlab chiqishga rag`batlantirish; axborot-kutubxona muassasalari foydalanuvchilarini hamda aholining keng qatlamlarini kitob va kitobxonlik faoliyatini rivojlantirishga jalb qilish; bolalar va yoshlarni mutolaaga jalb qilish sohasida eng yaxshi uslubiy va innovasion ish tajribasi bazasini shakllantirish; mutolaa faolligini rivojlantirish, mutolaa madaniyatini oshirish, fuqarolarning axborot madaniyatini shakllantirishga ko`maklashish; mutolaa va kitobga bo`lgan qiziqishni muntazam rivojlantirish maqsadida turli adabiy asarlarni, shu jumladan zamonaviymualliflar ijodini ommalashtirish; axborot-kutubxona muassasalari faoliyatida yangi kitoblar va mutolaani targ`ib qilishning eng samarali uslubiy ishlanmalarini joriy etish.
▪Tanlovda kimlar ishtirok etishi mumkin — turli vazirlik va idoralarning axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislari, doktorantlar, magistrantlar va oliy o`quv yurtlari talabalari, kitoblarni ommalashtirish va fuqarolarning mutolaaga bo`lgan qiziqishini oshirish bilan shug`ullanadigan mutaxassislar.
▪Tanlovda har bir nominasiya bo`yicha tanlov arizasini taqdim etish huquqiga ega bo`lgan yakka ishtirokchi yoki bir guruh ishtirokchilar qatnashishi mumkin.
▪Arizalarni qabul qilish muddati: 2019 yil
15 avgustdan 1 oktyabrgacha.
Tanlov 2 bosqichda bo`lib o`tadi:
1-bosqich — arizalarni qabul qilish;
2-bosqich — “INFOLIB – 2019” VIII Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida uslubiy ishlanma/loyihaning taqdimoti.
✏Uslubiy ishlanma/loyihalar quyidagi nominasiyalar bo`yicha baholanadi:
- “Interfaol kitob”,
- “Foydalanuvchi bilan ishlashning interfaol shakllari”.
- Arizalar info@natlib.uz elektron pochta manziliga “Bolalar va yoshlarni mutolaaga jalb qilish bo`yicha eng yaxshi uslubiy ishlanma/loyiha” Respublika tanloviga mavzusi bilan yuborilishi lozim.
Tanlovga yuborilgan materiallar tahrir qilinmaydi va qaytarilmaydi.
Tanlov 2019 yilning 15 avgustidan 1 noyabriga qadar o`tkaziladi.
Ma`lumot uchun telefonlar:
71 232 83 94
71 239 41 18