O`zbekiston Prezidenti Islom Karimov 2014 yil 17 dekabr kuni Surxondaryo viloyati hokimi Eshdavlat Tursunovich Jo`raevni lavozimidan ozod etish to`g`risidagi farmonga imzo chekdi.
Farmonga ko`ra, E.Jo`raev Surxondaryo viloyati hokimi lavozimidan O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 93-moddasi 15-bandi va 102-moddasiga muvofiq ozod etildi. Bu haqda O`zbekiston Milliy axborot agentligi xabar beradi.
Eslatib o`tamiz, E.Jo`raev 2013 yil 19 dekabr kuni mazkur lavozimga tayinlangan edi.





