AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev: Bugun biz O`zbekistonning yangi tarixini yaratyapmiz

'Shavkat Mirziyoev: Bugun biz O`zbekistonning yangi tarixini yaratyapmiz'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev «Sharq taronalari» xalqaro festivalini yoritish uchun kelgan mahalliy va xorijiy blogerlar bilan suhbatlashdi.

- Keyingi yillarda O`zbekiston dunyoga ochilmoqda va xalqaro hamjamiyatga haqiqatni etkazishga intilish bor. Eng muhimi, muhokama qilish, tanqid qilish mumkin, - dedi davlatimiz rahbari.

Mamlakatimizdagi islohotlarni, madaniyatimiz, tarixiy obidalarimizni butun dunyoga tarannum etishda blogerlarning o`rni katta ekanini ta`kidladi.

- Sizlarni jonajon O`zbekistonimizda, qadimiy sivilizasiya markazi Samarqandda ko`rib turganimdan juda xursandman. Bugun biz O`zbekistonning yangi tarixini yaratyapmiz. Maqsadimiz - xalqimizga xizmat qilish, odamlarni rozi qilish va kelajakka ishonch bilan qarashini ta`minlash. Bunga sizlar ham hissa qo`shasizlar deb ishonaman, - dedi Prezident.

- Orangizda o`zimizning qorako`zlarimizni ko`rib turibman. Bu menga iftixor bag`ishlaydi. Bilingki, Prezident sizlarni doim qo`llab-quvvatlaydi, - deya ta`kidladi Shavkat Mirziyoev.

Muloqot so`ngida Prezident blogerlar bilan suratga tushdi, ularning faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.

    Boshqa yangiliklar