1

Qashqadaryoda MIB xodimlari ayovsiz do`pposlandi

Jinoyat 28.08.2019, 14:31
Qashqadaryoda MIB xodimlari ayovsiz do`pposlandi

23.08.2019 yil soat 17:30 larda MIB Koson tuman bo`limi davlat inspektorlari tumanning Quyibog` mahallasida yashovchi fuqaro J.Q.ning xonadoniga elektr energiyasidan foydalanish holatlarining qonuniyligini tekshirish uchun borganlarida, u elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlanib, holat yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirayotganlarida, J.Q.ning ukasi S.Q. (1985 y.t.) aralashib, davlat inspektorlarini qo`pol so`zlar bilan haqoratlab, ularning tanasining turli qismlariga tan jarohatlari etkazgan.

Mazkur holat yuzasidan 27.08.2019 yilda tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1