1

Bayram arafasida yana bir oila yarashtirildi

Jinoyat 03.09.2019, 14:19
Bayram arafasida yana bir oila yarashtirildi

Andijon tumanlararo fuqarolik sudining sud buyrug`iga ko`ra Oltinko`l tumani, “Safarobod” MFY da yashovchi M.Rahimova foydasiga 2 nafar farzandlari moddiy ta`minoti uchun Oltinko`l tumani “Safarobod” MFY, Ziyokor ko`chasida yashovchi Sh.Rahimovdan aliment undirishlik belgilangan.

Undiruvchi M.Rahimova farzandlarining moddiy ta`minotidan qiynalib, boshqa shaxslardan qarz olishga majbur bo`lgan, natijada 2 mln 550 ming so`m miqdorida qarz bo`lib qolganligidan xabar topgan davlat ijrochisi B.Dexqonov qarzdor Sh.Rahimovga farzandlari moddiy tomondan qiyin ahvolda ekanligini, u tomonidan berilayotgan aliment pullari ehtiyojlari uchun etarli bo`lmayotganligi, oilada farzandlar uchun otaning o`rni muhim ekanligi, oilasini tiklashi kerakligi haqida tushuntirildi.

O`z farzandlarini sog`ingan qarzdor ota Sh.Rahimov 2019 yilning 30 avgust kuni alimentdan bo`lgan 3 mln 450 ming so`m qarzini hamda turmush o`rtog`i M.Rahimovaning boshqa shaxslardan olgan 2 mln 550 ming so`m qarzini jami 6 mln. pullarni to`lab, o`z oilasini tikladi.

Bayram arafasida yana bir oila yarashtirilib, 2 nafar bolalar qutlug` Mustaqillik bayramini o`z ota-onasi bilan birga nishonladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1