1

Bojxonachilar 113 million so`mlik tamaki ortilgan “Kobalt”ni to`xtatishdi

Jinoyat 03.09.2019, 18:14
Bojxonachilar 113 million so`mlik tamaki ortilgan  “Kobalt”ni to`xtatishdi

Bojxonachilar tomonidan bojxona qonunbuzilishi holatlariga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Farg`ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida tamaki mahsulotlarini yashirincha olib kirishga bo`lgan urinishga chek qo`yildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Jumladan, fuqaro X.I. boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashina to`xtatilib, belgilangan tartibda nazoratdan o`tkazildi. Natijada, ushbu shaxsning avtomashinasi saloni va yukxonasida aksiz markalari bilan markalanmaganva tegishli hujjatlari bo`lmagan umumiy qiymati 112,6 million so`mlik 9125 quti tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1