AsosiyJinoyat

20 ming AQSh dollarni noqonuniy olib chiqish rejasi amalga oshmadi

'20 ming AQSh dollarni noqonuniy olib chiqish rejasi amalga oshmadi'ning rasmi

Bojxona xodimlari naqd xorijiy valyutalarni mamlakatimizdan noqonuniy olib chiqilishi holatlariga o`z vaqtida chek qo`yishmoqda.

Jumladan, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi “Do`stlik” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan shu kabi qonunbuzarlik holati o`z vaqtida aniqlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Qo`shni davlatga yo`l olgan fuqaro O`.M.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e`tiborini tortdi va uning qo`l yuklari bojxona nazoratidan o`tkazilganida ushbu shaxs qora rangli sumkasi ichidagi ko`ylak orasiga 20 ming AQSh dollarini ustamonlik bilan yashirgancha olib ketmoqchi bo`lganligi aniqlandi.

Ammo uning bu nayrangi o`ziga pand berdi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar