1

Zargarlik buyumlarini yashirish naf bermadi

Jinoyat 03.09.2019, 18:18
Zargarlik buyumlarini yashirish naf bermadi

Bojxona xodimlari tomonidan zargarlik buyumlarini yurtimizga noqonuniy olib kirilishiga chek qo`yildi.

Xususan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining bir qator chegara bojxona postlari tomonidan ana shunday xolatlarning bir nechtasi fosh qilindi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Jumladan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “G`ishtko`prik” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan qo`shni davlatdan “Olmata-Nukus” yo`nalishidagi avtobusda kirib kelgan fuqaro S.R.ning qo`l yuklari belgilangan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazildi.

Tekshiruv jarayonida ushbu shaxsning yuklari orasida yo`lovchi bojxona deklarasiyasida yozib ko`rsatilmagan va og`zaki so`rovda aytilmagan, jami
162 gramm kumushdan yasalgan umumiy qiymati 4,8million so`mlik 15 dona zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.

Yana bir holatda mazkur post xodimlari tomonidan mamlakatimizga piyoda holda kirib kelgan fuqaro X.D.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e`tiborini tortdi va ushbu shaxs belgilangan tartibda ko`rikdan o`tkazildi. Natijada, fuqaro X.D.ning kiyimlari orasida hamda soch turmagi ichiga
477 gramm kumushdan yasalgan, umumiy qiymati salkam 12 million so`mlik 105 dona zargarlik buyumlari yashirilganligi fosh qilindi.

Shuningdek, “Oybek” chegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan fuqaro O.Sh. xolislar ishtirokida shaxsiy ko`rikdan o`tkazildi.

Natijada, ushbu shaxs bojxonachilarga ma`lum qilmasdan
129,3 million so`mlik umumiy vazni 497,38 gramm bo`lgan tilladan yasalgan
156 dona zargarlik buyumlarini qo`shni davlatdan noqonuniy olib o`tishga uringanligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1