AsosiyJinoyat

“Folksvagen”da olib o`tilayotgan qurol to`xtatib qolindi

'“Folksvagen”da olib o`tilayotgan qurol to`xtatib qolindi'ning rasmi

Bojxona xodimlari tomonidan navbatdagi qonunbuzilish holatiga chek qo`yildi.

Xususan, Surxondaryo viloyati“Sariosiyo” chegara bojxona postiga qo`shni davlatdan o`zining “Folksvagen Djetta” rusumli engil avtomashinasida kirib kelgan xorijiy davlat fuqarosi Yu.A. belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o`tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Tekshiruv natijasida, ushbu shaxsning avtomashinasida bojxona yuk deklarasiyasida ko`rsatilmagan va bojxona xodimlarining og`zaki so`rovida ma`lum qilinmagan pnevmatik to`pponcha, 5 dona gaz balloni va 630 dona po`lat o`qlar borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar