1

Tegishli hujjatlari bo`lmagan 205 million so`mlik televizorlar aniqlandi

Jinoyat 13.09.2019, 11:27
Tegishli hujjatlari bo`lmagan 205 million so`mlik televizorlar aniqlandi

Sifati kafolatlanmagan maishiy texnika buyumlarining yashirin yo`llar bilan mamlakatimizga olib kirilishiga qarshi bojxona xodimlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Xususan, Davlat bojxona qo`mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan tovar-moddiy boyliklarni yashirin yo`llar bilan olib kirilishiga qarshi tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Tadbir davomida, oldindan kuzatuvga olingan Yangiyo`l tumanidagi oshxonalardan birining yonida to`xtab turgan fuqaro T.F.ga tegishli “Isuzu” va fuqaro X.V.ga tegishli “Mersedes bens” rusumli avtomashinalar bojxona nazoratidan o`tkazildi.

Tekshiruv jarayonida avtomashinalarda tegishli hujjatlari bo`lmagan 47 dona televizorlar borligi ma`lum bo`ldi.

Shuningdek, Farg`ona viloyatining Qo`shtepa tumanida istiqomat qiladigan fuqaro T.R.ning yashash xonadoni ham belgilangan tartibda tekshirildi.

Natijada, ushbu shaxsning xonadonida tegishli hujjatlari bo`lmagan 67 dona televizorlar borligi ma`lum bo`ldi.

Yuqoridagi tadbirlar natijasida umumiy qiymati 205,4 million so`mlik 114 dona televizorlar ashyoviy dalil sifatida vaqtincha saqlovga olindi.

Mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1