1

34 ming dona sim kartalarning noqonuniy aylanmasi fosh bo`ldi

Jinoyat 13.09.2019, 11:28
34 ming dona sim kartalarning noqonuniy aylanmasi  fosh bo`ldi

Bojxona organlari tomonidan bojxona qonun buzilishi holatlariga qarshi o`z vaqtida tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Navoiy” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan fuqaro L.A. boshqaruvida bo`lgan “Volvo FH 12” rusumli avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Natijada, avtotransportning texnik asbob va anjomlar saqlanadigan qismida og`zaki so`rovda aytilmagan hamda yo`lovchi bojxona deklarasiyasida ko`rsatilmagan umumiy qiymati 60 million so`mlik 30 ming donaxorij mobil aloqa kompaniyalarining sim kartalari borligi aniqlandi.

Yana bir holat “S.Najimov” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan aniqlandi. Ushbu postga fuqaro Yu.A. boshqaruvida kirib kelgan “Volvo FH” rusumli avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazildi. Natijada, uning avtomashina kabinasida yo`lovchi bojxona deklarasiyasida yozib ko`rsatilmagan va og`zaki so`rovida aytilmagan, qiymati 10 million so`mlik 4 000 dona mobil aloqa sim kartalari yashirilganligi fosh qilindi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1