O`zbekiston va Qozog`iston Respublikalari o`rtasida barcha sohada bo`lganidek, harbiy sohada ham keng ko`lamli strategik hamkorlik munosabatlari o`rnatilgan. Tarixiy an`analari, dini, urf-odatlari bir bo`lgan bu ikki qo`shni davlat o`rtasidagi do`stona munosabatlarni yanada mustahkamlash maqsadida bugun O`zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Qozog`iston mudofaa vaziri general-mayor Nurlan Ermekbaev boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi.
Mudofaa vazirligi Markaziy apparatida bo`lib o`tgan ikki tomonlama hamkorlik uchrashuvida general-mayor Bahodir Qurbonov qozog`istonlik hamkasbini yurtimizga uyushtirgan tashrifi bilan qutlab, mustaqillik yillarida davlatlar o`rtasida o`rnatilgan do`stona harbiy munosabatlarning faqat ijobiy tomonga siljib borayotganini ta`kidladi.
Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri ikki tomonlama hamkorlikdagi erishilayotgan yutuqlarga to`xtalar ekan, har ikki davlat harbiylarining “ArMI –
Ikki davlat mudofaa vazirlari harbiy sohada erishilgan yutuqlar va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan masalalar borasida ham hamkorlikni davom ettirishning istiqbolli takliflari bilan chiqishdi. Bu borada general-mayor Bahodir Qurbonov general-mayor Nurlan Ermekbaevga O`zbeksiton – Turkiya – Qozog`iston ishtirokida havo hujumidan mudofaa yo`nalishida hamkorlik qilish rejasini taklif qilib, bu hamkorlik kelgusida mintaqadagi harbiy-strategik holatni yanada kuchaytirishini ta`kidlab o`tdi.
Qozog`iston Respublikasi harbiy delegasiyasi mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov hamrohligida Mustaqillik maydonidagi “Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambar qo`yishdi.
Shu kuni o`tkazilgan harbiy o`quv-mashg`ulotlarini kuzatish uchun Chirchiq poligonida bo`lishdi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti