1

Noqonuniy olib o`tilayotgan madaniy boyliklar to`xtatib qolindi

Jinoyat 14.09.2019, 11:19
Noqonuniy olib o`tilayotgan madaniy boyliklar to`xtatib qolindi

Yurtimiz sarhadlaridan madaniy boyliklarni noqonuniy tarzda olib o`tilishiga bo`lgan urinish bojxona xodimlari tomonidan o`z vaqtida aniqlandi.

Jumladan, Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Ayritom” chegara bojxona postiga kirib kelgan xorijiy fuqaro A.Sh. belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o`tkazildi. Natijada, uning yuklari orasidan tegishli hujjatlari bo`lmagan va deklarasiyada ko`rsatilagan 244 dona qadimiy tangalar hamda 2 dona tarixiy haykalchalar borligi aniqlandi.

Ekspertiza xulosasiga asosan, mazkur tanga va haykalchalar miloddan avvalgi III-II asrlarda zarb qilingani va ularning qiymati salkam 52 million so`mni tashkil etishi aniqlandi. Ashyoviy dalil sifatida olingan madaniy boyliklar Termiz Arxeologiya muzeyiga topshirilgan bo`lib, holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1