1

Bojxonachilar noqonuniy olib o`tilayotgan biologik faol qo`shimchalarni fosh qilishdi

Jinoyat 14.09.2019, 11:22
Bojxonachilar noqonuniy olib o`tilayotgan  biologik faol qo`shimchalarni fosh qilishdi

Bojxonachilar tomonidan bojxona qonun buzilishi holatlariga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Jumladan, “Daut-ata” chegara bojxona posti orqali mamlakatimizga kirib kelgan fuqaro S.Z.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e`tiborini tortdi va ushbu shaxs tegishli tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Natijada uning yuklari orasida bojxona xodimining og`zaki so`rovida aytilmagan va yo`lovchi bojxona deklarasiyasida ko`rsatilmagan qiymati 30,4 million so`mlik 76 dona “Vitality Lux” nomli biologik faol qo`shimchalar borligi aniqlandi.

Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1