1

Ustamonlik bilan yashirilgan naqd xorijiy valyutalar aniqlandi

Jinoyat 14.09.2019, 11:25
Ustamonlik bilan yashirilgan naqd xorijiy valyutalar aniqlandi

Ayrim shaxslar tomonidan respublikamizdan naqd xorijiy valyutalarni noqonuniy ravishda olib chiqishga bo`lgan urinishlar hamon ko`zga tashlanmoqda.

Chunonchi, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “G`ishtko`prik” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan ushbu postga “VAN Hool” rusumli avtobusni boshqarib kelgan qo`shni davlat fuqarosi K.K. boshqaruvidagi avtobus bojxona ko`rigidan o`tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Natijada, haydovchi o`rindig`i yonidagi kolonka ichida yo`lovchi bojxona deklarasiyasida yozib ko`rsatilmagan va og`zaki so`rovda taqdim qilinmagan, 1 000 000 qozoq tengesi xorijiy valyutasi yashirilgani fosh bo`ldi.

Yana bir holatda mazkur postga piyoda holda kirib kelgan qo`shni davlat fuqarosi A.F. bojxonachilar e`tiborini tortdi va ushbu shaxs belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o`tkazildi.

Natijada, ushbu shaxs egnidagi kiyimlari orasiga 502 AQSh dollari va sumkasiga 6004 AQSh dollarini bojxona nazoratidan yashirib olib o`tishga uringanligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1