1

83 million so`m bojxona to`lovi undirilmay qolishining oldi olindi

Jinoyat 14.09.2019, 14:12
83 million so`m bojxona to`lovi undirilmay qolishining oldi olindi

Mamlakatimizga kirib kelayotgan tovarlar haqidagi ma`lumotlar va tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi kodlarini o`zgartirish bilan bog`liq qonunbuzarlik holatlariga qarshi bojxonachilar tomonidan samarali kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Ark-buloq” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan poytaxtimizda faoliyat yurituvchi mas`uliyati cheklangan jamiyat nomiga kelgan va “Erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga rasmiylashtirishga taqdim etilgan uskunalar bojxona nazoratidan o`tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Bojxona ko`rigi davomida taqdim etilgan hujjatlarga ko`ra, “Avtomatik arra” uskunasi 2019 yilda ishlab chiqarilgan, deb qayd etilganligi, aslida esa uskuna yorliqlaridagi yozuvga ko`ra, u 2008 yilda ishlab chiqarilganligi hamda mazkur tovar muqaddam foydalanilganligi fosh etildi.

Natijada 31,9 million so`m bojxona to`lovlari undiriladigan bo`ldi.

Yana bir holatda, mazkur bojxona posti xodimlariga deklarasiyalovchi shaxs M.A. tomonidan taqdim etilgan bojxona yuk deklarasiyasida “Gidroksistearin kislotasi” tovarining tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tekshirilganida, ushbu shaxs kodni noto`g`ri tasniflab bojxona rasmiylashtiruviga taqdim etganligi aniqlandi.

Natijada davlat byudjetiga qo`shimcha 30,3 million so`m bojxona to`lovlari undirilishi ta`minlandi.

Shuningdek, “Toshkent-tovar” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan to`rtta holatda deklarasiyalovchi shaxslar E.U., J.Z., K.B. va X.J. taqdim etgan bojxona yuk deklarasiyalarida tovarlarning tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi kodini noto`g`ri tasniflab bojxona rasmiylashtiruviga taqdim etganligi ma`lum bo`ldi.

Aniqlangan qonunbuzilishi holati natijasida, davlat byudjetiga salkam 83 million so`m bojxona to`lovlari undirilmay qolishining oldi olindi.

Shunga o`xshash holatlarda, “Chuqursoy” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan deklarasiyalovchi shaxslar D.I., A.Sh. va U.Sh.larning tovarlarning tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi kodini noto`g`ri ko`rsatish natijasida davlat byudjetiga qo`shimcha 81.5 million so`m bojxona to`lovlarining undirilishi kerakligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1