1

Noqonuniy faoliyat faqat zarar keltirdi

Jinoyat 16.09.2019, 12:59
Noqonuniy  faoliyat faqat zarar keltirdi

Majburiy ijro byurosi Yakkabog` tumani bo`limi xodimlari tomonidan 19.08.2019 yilda o`rganilgan tezkor ma`lumotga ko`ra, Yakkabog` tumandagi “Uyg`ur” MFY da yashovchi fuqaro A.Norqobilov o`zining yashash uyining yordamchi xo`jalik xonasida yashirin ravishda qo`lbola usulda tayyorlangan zig`ir doni va chigit xom-ashyosini qayta ishlaydigan sex tashkil qilib, chigit xom-ashyosidan yog` hamda kunjara mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati bilan noqonuniy ravishda shug`ullanib kelganligi aniqlangan.

Tekshirishda, A.Norqobilovning yashash uyidan 2 dona qo`lbola usulda yasalgan juvoz uskunasi, xom-ashyo va boshqa mahsulotlar ashyoviy dalil tariqasida prosessual rasmiylashtirib olingan.

Shuningdek, mazkur holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshirish davomida, fuqaro A.Norqobilov yashash xonadonida qo`lbola usulda yasalgan 2 dona juvoz uskunasini qariyb 1 yildan ortiqvaqt mobaynida hech qanday hujjatlarsiz, elektr hisoblagichdan oldin tarmoqqa yashirin yo`llar bilan to`g`ridan to`g`ri ulanib olib, 487 kun davomida

81816 kVt. soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishi oqibatida Yakkabog` tuman elektr ta`minoti korxonasi manfaatlariga 24 mln. 135 ming 720 so`m miqdorida moddiy zarar etkazganligi aniqlangan.

Byuroning Yakkabog` tuman bo`limi tomonidan 30.08.2019 yilda A.Norqobilovga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1852-moddasi 2-qismi va 1862-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, JPKning 3812-moddasi tartibida tergovga tegishlilik masalasini hal qilish uchun jinoyat ishi Yakkabog` tuman prokuroriga yuborildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1