1

Bojxonachilar Bulung`urdagi kafeda narkokurerni qo`lga olishdi

Jinoyat 16.09.2019, 17:11
Bojxonachilar Bulung`urdagi kafeda narkokurerni  qo`lga olishdi

Giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxonachilar tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Davlat bojxona qo`mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan Samarqand viloyatida giyohvandlik moddalarining oldi-sotdisiga qarshi tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Tezkor tadbir davomidaBulung`ur tumanidagi kafelardan birida fuqaro M.M. shartli xaridorga 250,52 gramm marixuna giyohvandlik vositasini sotayotgan vaqtida qo`lga olindi.

Shuningdek, ushbu tuman hududida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro S.B.ning yashash xonadoni ham belgilangan tartibda ko`zdan kechirildi.

Natijada, ushbu shaxs o`z xonadonida 3 ta shisha banka va idishlarda umumiy og`irligi 276,6 gramm bo`lgan marixuana giyohvandlik moddasini hamda hovlisida 1 tup kannabis giyohvandlik o`simligini parvarishlab kelayotgani aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1