AsosiyJamiyat

Toshkentda pirotexnika vositalari noqonuniy sotilayotgani xabar qilindi

Facebook ijtimoiy tarmog`idagi “Jamoatchilik nazorati” guruhi foydalanuvchisining so`zlariga ko`ra, u yashaydigan xonadonga bir ayol kelib, turli “paqildoq” va boshqa pirotexnika vositalarni xarid qilishni taklif qilgan. Bu haqda uz24.uz nashri xabar beradi.

Biroq foydalanuvchi bu qonunbuzarlikning aynan qaysi manzilda sodir bo`layotgani haqida ma`lum qilmagan.

Bundan aytish mumkinki, mamlakatimizda pirotexnika vositalarini lisenziyasiz sotish, tarqatish taqiqlanganiga qaramay, aholi orasida yashirincha savdo qilishga urinayotganlar topilmoqda.

Eslatib o`tamiz, 2010 yilda hukumat tomonidan qabul qilingan qarorga muvofiq, pirotexnika mahsulotlarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizasiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yo`q qilish va utilizasiya qilish faoliyatiga ruxsat beruvchi lisenziyaga ega bo`lishi shart.

Ma`lumot uchun, 2013 yilda respublikamizning bojxona postlarida ushbu holat bilan bog`liq 74 ta qonunbuzarlik aniqlangan, natijada 184 mingdan ziyod turli vositalar olib qo`yilib, yo`q qilingan.

    Boshqa yangiliklar