AsosiyJamiyat

O`zbekiston Prezidenti Islom Karimov saylovda ovoz berdi

Mamlakatimizda 2014 yil 21 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovlar bo`lib o`tdi.

O`zbekiston Milliy axborot agentligi rasmiy saytining xabar berishicha, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 21 dekabr kuni ovoz berish uchun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda Toshkent shahar Kengashiga saylov o`tkazuvchi 644-saylov uchastkasiga tashrif buyurdi.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda Konstitusiya bilan kafolatlangan saylov tizimi yaratildi. Bu tizim izchil takomillashtirib borilmoqda.

2005 yildan buyon O`zbekistonda ikki palatali parlament faoliyat ko`rsatmoqda. 2003 va 2008 yillarda Bosh qomusimiz, “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to`g`risida”gi, “O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to`g`risida”gi, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to`g`risida”gi, “O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to`g`risida”gi qonunlarga tegishli o`zgartish va qo`shimchalar kiritildi.

Buning samarasida milliy saylov tizimining bosqichma-bosqich liberallashuvi, ikki palatali parlament saylovlarining xalqaro normalarga to`la mos holda o`tkazilishini ta`minlaydigan mukammal qonunchilik bazasi shakllandi.

    Boshqa yangiliklar