1

Samarqandda ayol MIB xodimini tayoq bilan kaltakladi

Jinoyat 20.09.2019, 10:53
Samarqandda ayol MIB xodimini tayoq bilan kaltakladi

Samarqandning Paxtachi tumanidada fuqaro MIB xodimini tayoq bilan kaltakladi.

Bosh prokuratura xabariga ko`ra, 13 sentyabr kuni MIB Paxtachi tuman bo`limi xodimlari Hunarmand mahallasida joylashgan xususiy korxonaga o`zboshimchalik bilan elektr tarmog`iga ulanib olganligi holatini tekshirish maqsadida borgan vaqtda N.R. (1991 y.t, ayol) MIB xodimlarining faoliyatiga qarshilik ko`rsatib, ularni haqorat qilib, tayoq bilan B.U.ni tanasining turli qismlariga urgan. Shuningdek, F.X.ning qo`lidan dalolatnomani tortib olib, ularni yirtib, yoqib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan N.R. ga nisbatan JKning 140-moddasi 3-qismi “a” bandi, 219-moddasi 2-qismi va 227-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1