AsosiyJamiyat

Toshkent metropolitenida noqonuniy jeton savdosi bilan shug`ullangan jinoiy to`da fosh etildi

Toshkent metropoliteni bekatlaridan birining xodimlaridan iborat jinoiy to`da uch yil davomida turniketlar tomonidan hisoblanmagan jetonlar savdosi bilan shug`ullanib kelgani fosh etildi, deb xabar bermoqda «Daryo» nashri «Na postu» gazetasiga tayanib.

Qayd etilishicha, metro bekati rahbari boshchiligidagi guruh ikki nafar katta operator, ikki nafar operator, eskalator bo`yicha navbatchi, nazoratchi va elektromexanikdan iborat bo`lgan. Jinoyatchilar turniketlarning hisoblagichini buzish evaziga hisoblanmagan jetonlarni sotishdan foyda olib kelgan.

Toshkent metropoliteni rahbariyati ichki tekshiruv vaqtida bu xodimlarning ish vaqtida turniketlardan o`tuvchi jetonlar soni ushbu stansiyaning boshqa xodimlari ish vaqtidagidan sezilarli farq qilishi shubha uyg`otgan. Tekshiruvlar natijasida ushbu jinoiy to`da uch yil davomida 10 millionlab mablag`ni o`zlashtirib yuborgani aniqlangan. Ushbu ish yuzasidan jinoiy ish qo`zg`atilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar