AsosiyJinoyat

Fermerning nayrangi uzoqqa bormadi

'Fermerning nayrangi uzoqqa bormadi 'ning rasmi

Xalqimizda “Izlagan imkon topar”, degan maqol bejiz aytilmagan, faqat davlatga zarar etkazish orqali o`z foydasini ko`zlab izlanib imkon topish yo`lini qilgan shaxsning harakatlarini oqlab bo`lmaydi. Farg`ona viloyatining Yozyovon cho`llarida paxta-g`alla etishtirishga ixtisoslashgan fermer xo`jaligi rahbari S.Ne`matov er maydonlarini suv nasoslari orqali sug`orishda elektrni hisobga olish moslamasini tarmoqdan uzmagan holda to`xtatib qo`yish yo`lini topgan.

Xususun, u elektr tarmog`iga suv chiqarish nasosida mavjud bo`lgan100 amperli elektr hisoblash uskunasiga 3 dona 100/5 o`lchamli toklar o`rnatib, hisoblagichni to`xtatib qo`yish yo`lini topgan va elektr energiyasidanhech qanday hisobsiz noqonuniy ravishda foydalanib kelgan.

Majburiy ijro byurosi Yozyovon tuman bo`limi tezkor xodimlari tomonidan ushbu holat fosh etilgach, fermer jami 75.844 kVt elektr energiyasini noqonuniy iste`mol qilganligi hamda buning oqibatida tuman elektr ta`minoti korxonasi manfaatlariga 25 mln. 104,6 ming so`mlik moddiy zarar etkazganligi ma`lum bo`ldi.

Jinoyat qonunchiligiga ko`ra, yuqoridagi zarar summasi ancha miqdorni tashkil etib, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi2-qismida ko`zda tutilgan jinoyat alomatlari vujudga kelganligi haqida fermer S.Ne`matovga ma`lum qilinib, jinoiy javobgarlikka tortilmasligi uchun qonunga ko`ra, bir oylik muddat ichida davlatga etkazilgan zarar summasini to`liq qoplab berishi lozimligi tushuntirilgach, u zararni to`liq qoplab berdi.

    Boshqa yangiliklar