AsosiyJinoyat

Giyohvandlik moddalarining noqonuniy oldi-sotdisiga chek qo`yildi

'Giyohvandlik moddalarining noqonuniy  oldi-sotdisiga chek qo`yildi'ning rasmi

Bojxona organlari tomonidan giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi samarali kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, shartli xaridorga fuqaro P.T. 100 ming so`m evaziga og`irligi 5 gramm bo`lgan “marixuana” giyohvandlik moddasini sotib, so`ngra buyurtmaga og`irligi 135 gramm bo`lgan “marixuana” giyohvandlik moddasini 2 million so`mga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olindi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Shundan so`ng, fuqaro P.T.ning xonadoni belgilangan tartibda ko`zdan kechirilganida, xonadon og`ilxonasidan 1 tup “kannabis” giyohvandlik o`simligi hamda og`irligi 1 grammga teng bo`lgan “marixuana” giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.

Tadbir davomida jami 141 gramm bo`lgan “marixuana” giyohvand moddasi hamda 1 tup “kannabis” giyohvandlik o`simligi ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar