Bojxona organlari tomonidan naqd xorijiy valyutalarni noqonuniy tarzda olib chiqishga bo`lgan urinishlar o`z vaqtida bartaraf etilmoqda.
Jumladan, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Do`stlik chegara bojxona posti xodimlari tomonidan qo`shni mamlakatga chiqib ketayotgan fuqaro S.A.ning xatti-harakatlari bojxonachilarning e`tiborini tortdi va ushbu shaxs belgilangan tartibda nazoratdan o`tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Natijada, ushbu shaxsning yonida deklarasiyada ko`rsatilmagan va bojxona xodimlarining og`zaki so`rovida ma`lum qilinmagan 10660 AQSh dollari borligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






