“O`zbekiston havo yo`llari”ning Krasnodar-Navoiy yo`nalishida parvoz qilish kerak bo`lgan HY 688 reysli samoleti qalin tuman sababli ushlanib qoldi. Parvoz mahalliy vaqt bilan 04:45ga mo`ljallangan edi, deya xabar qilmoqda uz24.uz nashri.
“Toshkent” xalqaro aeroporti tuman tufayli bir necha reyslarni ham qabul qila olmadi.
Moskva-Toshkent yo`nalishidagi SU1870 reysi yo`lovchisining so`zlariga ko`ra, O`zbekiston poytaxtiga 68 kilometr qolganida ularning samoletini Bishkekdagi qo`shimcha aerodromga yuborishgan.





