AsosiyJamiyat

Huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda hududlar tajribasini yaratish – davr talabi

'Huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda  hududlar tajribasini yaratish – davr talabi'ning rasmi

Mamlakatimizda jinoyatlarning barvaqt oldini olish, aholi bilan samarali muloqot o`rnatish, tinchlik-osoyishtalikni ta`minlashda muhim ahamiyatga ega.

Buning uchun huquqbuzarliklarning oqibatlari bilan kurashish emas, balki barvaqt oldini olish, sodir etishga imkon bergan sabab va shart-sharoitlarni o`z vaqtida bartaraf etish, jamiyatda jinoyatchilikka qarshi kurashish immunitetini mustahkamlash, xavfsizlikka tahdidlarni «o`ziniki va o`zgalarniki» deb ajratishdan voz kechish tuyg`usini shakllantirish davr talabi bo`lib hisoblanadi.

Ushbu ustuvor vazifalarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini etkazish, bu borada ichki ishlar organlari xodimlari oldida turgan dolzarb vazifalarni tushuntirish maqsadida ayni kunlarda IIV Malaka oshirish instituti professor-o`qituvchilari tomonidan Navoiy viloyatida sayyor o`quv yig`inlari o`tkazilmoqda.

O`quv yig`inlarida tumanlar va shaharlar ichki ishlar organlarining tashkiliy bo`lim (bo`linma)lar boshliqlari, jinoyat-qidiruv bo`limlari tezkor vakillari, tergov bo`linmalarining tergovchi va surishtiruvchilari, xavfsiz turizmni ta`minlash boshqarmalari tahlil va muvofiqlashtirish bo`linmalari xodimlari ishtirok etmoqda.

Mashg`ulotlarda Davlatimiz Rahbari tomonidan ilgari surilgan ichki ishlar organlari faoliyatiga oid dolzarb vazifalar, ularning mazmun-mohiyati va ahamiyati, sohaga oid qabul qilingan yangi normativ-huquqiy hamda idoraviy-huquqiy hujjatlarning talablari tushuntirib berilmoqda, – deydi Navoiy viloyati Karmana tumani IIB Tashkiliy bo`linma boshlig`i, mayor Sobirjon Sharipov.
– Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan «O`z Vatanini, ona xalqini ravnaq toptirish uchun o`zini ayamasdan mehnat qilish: bu – jasorat va mardlik, bu – ona yurtga muhabbat va sadoqat, bu – to`g`ri tarbiya va amaliy namuna» ekanligi misollar orqali tushuntirilmoqda.

Shuningdek, IIV Malaka oshirish instituti tashabbusi bilan ushbu sayyor o`quv yig`inlari doirasida xotin-qizlar bilan ishlash masalalari bo`yicha inspektorlar uchun ham alohida seminar-treninglar tashkillashtirildi.

– Seminar-trening mashg`ulotlarida ichki ishlar organlarida xotin-qizlar bilan ishlash masalalari bo`yicha inspektorlarning vazifalari va ularni bajarish mexanizmlari, normativ-huquqiy hujjatlarning talablari to`g`risida batafsil tushuntirishlar berildi, – deydi Navoiy viloyati Navbahor tumani IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo`limining xotin-qizlar masalalari bo`yicha katta inspektori, leytenant Yulduz Gaffarova. – O`ylaymanki, olgan bilimlarimiz joylarda xotin-qizlar o`rtasida huquqbuzarliklar sodir etilishini barvaqt oldini olish, ularning muammolarini o`rganish va bartaraf etishga ko`maklashish, ruhan qo`llab-quvvatlash kabi keng ko`lamli ishlarni samarali tashkil etishga xizmat qiladi.

Institut professor-o`qituvchilari tomonidan joylarda sayyor o`quv yig`inlari, ta`lim muassasalarida targ`ibot tadbirlari hamda kam ta`minlangan oilalar, nogironligi bor fuqarolar va yakka yolg`iz keksa avlod vakillarining holidan xabar olish kabi ezgu ishlar joylarda davom etmoqda.

O`zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti matbuot xizmati

    Boshqa yangiliklar