AsosiyJinoyat

6300 dona sim kartalar noqonuniy aylanmasining oldi olindi

'6300 dona sim kartalar noqonuniy aylanmasining oldi olindi'ning rasmi

Bojxona qonunbuzilishi holatlariga qarshi bojxonachilar tomonidan samarali kurash olib borilmoqda.

Xususan, kuni kecha “Buxoro aeroporti” chegara bojxona postiga xorijdanuchib kelgan fuqaro F.I bojxonachilar tomonidan belgilangan tartibda nazoratdan o`tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Natijada, ushbu shaxs umumiy qiymati 18,9 million so`mlik, 6300 dona sim kartalarni mamlakatimizga noqonuniy tarzda olib kirishga uringan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olindi.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar