AsosiyJamiyat

​Farg`ona-Koreya xalqaro universiteti ochildi

'​Farg`ona-Koreya xalqaro universiteti ochildi'ning rasmi

Oliy ta`lim rivojiga qaratilayotgan yuksak e`tibor va rag`bat tufayli keyingi yillarda yurtimizda Aqsh, Italiya, Buyuk Biritaniya, Latviya, Xindiston, Rossiya, Singapur singari dunyoning eng rivojlangan davlatlarning oliy o`quv yurtlari filiallari tashkil etilmoqda. Farg`ona viloyatida ham so`ngi yillarda oliy ta`lim muassasalari soni ortib borayotgani yoshlarning ezgu orzulariga qanot bo`lmoqda. Viloyatning o`zida hozirda oliy ta`lim muassasalar soni 10 taga etgani buning isbotidir. Ana shu ezgu chora-tadbirlarning davomi sifatida Farg`ona shahrida Koreya Xalqaro universiteti (Sejong” o`z ishfaoliyatini boshladi. Kuni kecha Islom Karimov nomidagi viloyat teatr va konsert saroyida ushbu oliygohning ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Unda viloyat hokimligi, tegishli tashkilot va idoralar vakillari, ota-onalar vaoliygohning birinchi talabalari ishtirok etishdi. Tantanali marosim avvalida O`zbekiston va Janubiy Koreya Davlat madhiyalari yangradi. Tadbirda Koreya Xalqaro universiteti rektori Park Jun Xo so`zga chiqib yoshlarni yangi o`quv yili va o`qishlariga ulkan muvaffaqiyatlar tiladi hamda universitet ochilishiga yordam bergan hamkorlarga chuqur minnatdorchilik bildirdi.

Anjumanda mazkur oliygoh O`zbekistonda ilk multimediya muhitiga ega universitet ekanligi va turli sohalar istiqboli uchun etuk kadrlar etkazib berishda xizmat qilishi qayd etildi. Aytish kerakki mazkur oliygohga joriy yilda 720 nafar talaba qabul qilindi. Talabalar endilikda maktabgacha ta`lim, arxitektura muhandisligi, turizim menejmenti, kompyuter hisob-kitobi, koreys tili, internet va axborot komunikasiya, avtomobilsozlik yo`nalishlari bo`yicha ta`lim oladilar. Tantanali marosimning badiy qismida o`zbek va Kores an`analari aks etgan kuy-qo`shiqlar ijro etildi.

Fotima O`KTAMOVA.

    Boshqa yangiliklar