Oliy Majlis Senatining navbatdan tashqari sessiyasi bo`lib o`tishi haqida xabar bergan edik. Ayni damda yig`ilish bo`lib davom etmoqda
Senatning Reglament va odob komissiyasi o`z vakolatlari doirasida:
- Senat Raisining topshirig`i, senatorlarning va fuqarolarning murojaatlari asosida yoxud o`zining tashabbusi bilan o`z majlislarida senatorlar tomonidan Senat Reglamenti normalari va Senat a`zolarining odob qoidalari, shuningdek umume`tirof etilgan axloq normalari buzilgan holatlarni ko`rib chiqadi hamda baholaydi;
- senator maqomini tartibga soluvchi normalar buzilganligi to`g`risidagi masalalarni ko`rib chiqadi;
- senatorlar orasida qoidabuzarliklarning oldini olish bo`yicha kompleks choralar ko`radi;
- senatorlar Senat Reglamenti normalariga va Senat a`zolarining odob qoidalariga rioya etayotganligi ustidan monitoring olib boradi;
- Senat a`zolarining odob qoidalarini buzgan Senat a`zosiga nisbatan ta`sir choralarini qo`llash, shuningdek Senat Reglamenti qoidalari buzilgan holatlarni bartaraf etish to`g`risida Senat Kengashiga takliflar kiritadi;
- senatorning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish va uni chaqirib olish to`g`risidagi materiallarni Senatda ko`rib chiqish uchun tayyorlaydi;
- Senat a`zolarini daxlsizlik huquqidan mahrum etish to`g`risidagi materiallarni Senatda ko`rib chiqishi uchun tayyorlaydi;
- Komissiya, uning majlislariga ko`rib chiqish uchun kiritilgan masalalarni hal qilish uchun ekspertlar va mutaxassislarni taklif qiladi;
- senator tomonidan Senat a`zolarining odob qoidalari buzilgan taqdirda, unga tegishli bo`lgan zarur ma`lumotlarni so`rab oladi;
- Komissiya faoliyati masalalariga doir Senat qarorlari loyihalarini ishlab chiqadi;
- Komissiya vakolatiga kiradigan boshqa vazifalarni amalga oshiradi.






