AsosiyJamiyat

Farg`ona viloyati hokimi: "Aybimni tan olaman. Ming bor uzr!"

'Farg`ona viloyati hokimi: "Aybimni tan olaman. Ming bor uzr!"'ning rasmi

Farg`ona viloyati hokimi Shuhrat G`aniev viloyatdagi ish joylarida namoz o`qishga sharoit yaratiladigan holatlar aniqlansa o`sha korxona rahbariga jinoyat ishi ochilishini ma`lum qilib va uning oldida kim bo`lishidan qat`iy nazar, ro`mol o`rab olgan ayolga ko`zi tushsa uning ro`molini o`sha tuman hokimi og`ziga tiqib qo`yish bilan tahdid qilgani haqida xabar bergan edik. Bo`lib o`tgan Senatning navbatdan tashqari yig`ilishida hokim mazkur holatga o`zi izoh berdi.

Shuhrat G`aniev, Farg`ona viloyati hokimi:

— Men har qanday jazoga tayyorman! Mening avlodim, ota-onam milliy liboslar kiyadi. O`zim ham uyimda milliy libos kiyaman. Men aybdorman. Aybimni tan olaman. Ming bor uzr!


    Boshqa yangiliklar