AsosiyJamiyat

Londonlik kelin orzusi bog`cha ochishmi?

'Londonlik kelin orzusi bog`cha ochishmi?'ning rasmi

Avvalroq Farg`ona viloyati, Qo`shtepa tumanidagi Eshonguzar mahallasida Buyuk Britaniyadan kelin bo`lib tushgan Jeni – “Jannatxon” O`zbekistonda milliy urf odatlariga ko`ra, o`z kelinlik xizmatlarini qilib yurgani haqida xabar qilgandik.

Yaqinda o`z kelinlik xizmatlarini qilib turmush o`rtog`i bilan o`zi faoliyat ko`rsatayotgan Arab amirligining “Dubay” shahrigauchib ketishdi. U erda Jeni maktabgacha ta`lim muassasasida faoliyat ko`rsatadi. Yaqin kunlarda Jenining qaynonasi bilan qilgan suhbatimizda u londonlik kelinining orzusi haqida gapirgandi.

Muhayyoxon HAYDAROVA, qaynona:
– U O`zbekistonda qolib ingliz tiliga ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta`lim muassasasini ochishini niyat qilib yurganini ta`kidladi. Ayol so`zida O`zbekiston deb atalmish jannat diyorning muhiti, tabiati, bag`ri keng, mehribon va mehmondo`st odamlarini kelini juda yaxshi ko`rib qolganini, bu erdan sira olis ketgisi kelmayotganini aytib o`tdi. Ayniqsa nuroniy, shirin so`zli onaxonlar, buviyu momolar, ovsinlari uning yuragida eng yaqin insonlarga aylanib qolishdi.

Turmush o`rtog`i qaerda bo`lsa, u ham o`g`lining yonida bo`lib birgalikda totuv hayot kechirishlarini istagan Muhayyo opa farzandlariga duo berdi va bir kuni ingliz kelinining orzularini amalga oshirishga ko`maklashishiga ishonch bildirdi.

Fotima O`KTAMOVA

    Boshqa yangiliklar