1

Nonvoy opani 4.500.00 so`mga "uxlatgan" chilangar

Jinoyat 01.10.2019, 09:48
Nonvoy opani 4.500.00 so`mga  "uxlatgan" chilangar

Majburiy ijro byurosining Guliston shahar bo`limiga fuqaro N.Sh. ariza bilan murojaat qilib, Guliston shahar gaz ta`minoti korxonasi xodimi S.S. firibgarlik yo`li bilan uning 4.500.000 so`m pullarini olib, aldab ketganligi sababli unga nisbatan qonuniy chora ko`rishlikni va pullarini undirib berishni so`ragan.

Gaz ta`minoti hududiy filialida shartnoma bo`yicha gaz jihozlaridan foydalanish va ta`mirlash bo`yicha chilangari vazifasida muqaddam ishlagan S.S. xizmat mavqeidan o`z hisobiga foydalanganligi aniqlandi. Shaharning"Taraqqiyot" mahallasida nonvoyxona faoliyati bilan shug`ullanuvchi fuqaro N. Sh. ning iste`mol qilingan tabiiy gazdan vujudga kelgan 4.500.000 so`m qarzdorligini yopib berishga va`da bergan.

Ish faoliyati davridagi ikki oylik muddat oralig`ida 3.100.000 so`m, 900.000 so`m va 500.000 so`m jami 4.500.000 so`m naqd pullarini ustiga 500.000 so`m qo`shib, firma orqali pul o`tkazish yo`li bilan 5.000.000 so`m qilib to`lab berishlikni aytgan.

Nonvoy opani avrab, 4.500.000 so`m pulinifiribgarlik yo`li bilan olib, o`zganing mulkini qo`lga kiritib, o`z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlandi. Holat yuzasidan olib borilgan tekshirish natijasida fuqaro S.S. tomonidan etkazilgan zarar to`liq undirib berildi.

Fuqaro S.S.ga nisbatan joriy yilning 23 sentyabr kuni O`zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1