AsosiyJamiyat

TIV: Turk deputatining uyida o`lgan Nodira Qodirova bilan bog`liq vaziyat nazoratga olingan

'TIV: Turk deputatining uyida o`lgan Nodira Qodirova bilan bog`liq vaziyat nazoratga olingan'ning rasmi

O`zbekiston TIV Anqarada o`z joniga qasd qilgan o`zbekistonlik qiz haqida rasmiy ma`lumot berdi.

TIV xabarida qayd etilishicha, O`zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi 2019 yilning 23 sentyabr kuni Anqara shahrida O`zbekiston fuqarosi Nodira Qurbonovaning fojiali o`limi bilan bog`liq vaziyat o`z nazoratida ekanligini ma`lum qilgan.

Anqara shahri prokuraturasi bergan ma`lumotga ko`ra ayni paytda tergov tadbirlari olib borilmoqda, jumladan, guvohlar so`roq qilinmoqda, telefon so`zlashuvlar va elektron yozishlamalar mazmuni o`rganilmoqda. Tegov organlari sud-tibbiy ekspertiza xulosasini kutmoqda.

Shuningdek, elchixona xodimlari Turkiyada yashaydigan o`zbek diasporasi vakillarining mazkur masala bo`yicha savollariga javob bermoqda.

OAVda tarqalgan ma`lumotlarga ko`ra, 23 yashar Nodira Qodirova Turkiyaning Adolat va taraqqiyot partiyasi deputati Shirin Unal tufayli o`z joniga qasd qilgan. Nodira deputatning uyida uning kasalmand rafiqasini parvarishlash bilan band bo`lgan.

Konsullik huquqiy departamenti marhumaning yaqinlari va oilasiga hamdardlik bildiradi hamda Turkiya, Bolgariya, Iroq, Ruminiya va JAR hududida bo`lib turgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatning Anqara shahridagi elchixonasiga (tel.: +90 312-441-17-46, +90 312-441-38-71/72) yoki Istanbul shahridagi bosh konsulxonasiga (tel.: +90 212-323-20-37, +90 212-229-00-75) murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o`tgan.



Read more: https://sputniknews-uz.com/incidents/20191001/12531101/TIV-Anarada-z-zhoniga-asd-ilgan-iz-aida-rasmiy-malumot-berdi.html



    Boshqa yangiliklar