Urganch qurilish kasb-hunar kolleji o`quvchisi Boburbek Egamberganov chet tillariga qiziqadi. U Kazan shahrida o`tkaziladigan rus tili bo`yicha xalqaro olimpiadaning bir necha marotaba sovrindori bo`lgan.
Boburbek Arab tilini ham biladi. Uning fikriga ko`ra, arab tili Islom dinini anglashning asosiy manbasidir. U Qur`oni Karimni o`qish va tilovat qilish, ro`za tutish va ibodat qilish har bir musulmon uchun zarur ekanligini ta`kidlaydi.
Tillarni bilish unga dunyoning xilma-xilligini kashf etishda yordam beradi. «Mirotvores» Jahon xayriya alyansi Boburbekni Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko`rsatdi, deya xabar beradi "Azon" nashri.






