AsosiyJamiyat

​O`zbekistonda yana bir yangi masjid qad rostlaydi

'​O`zbekistonda yana bir yangi masjid qad rostlaydi'ning rasmi

Toshkent viloyatining Bo`stonliq tumanidagi “Mulla Po`lat ota” jome masjidiga dastlabki g`isht qo`yish marosimi bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zbekiston Musulmonlar idorasi Toshkent viloyati vakilligi xabar berdi.

“Mulla Po`lat ota” jome masjidi yangi ajratilgan joyda, zamonaviy shart-sharoitlari bilan, ibodat qiluvchilar uchun har tomonlama qulay qilib qaytadan barpo etiladi.

Tadbir an`anaviy tarzda Qur`on tilovati bilan boshlandi. Masjidga dastlabki g`ishtni Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Xayrulloh domla Turmatov hamda el ichra hurmatga sazovor bo`lgan nuroniy otaxonlar qo`yib berdilar.

2018 yilning 5 yanvarida bo`lib o`tgan Toshkent viloyati xalq deputatlari kengashining navbatdan tashqari sessiyasida O`zbekiston Prezidenti viloyatdagi ta`mirga muhtoj va avariya holatidagi masjidlarni aniqlab, ularni qayta qurish va ta`mirlash choralarini ko`rish yuzasidan ko`rsatma bergan. Shunga ko`ra 2018 yilning 15 fevralda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obodonlashtirish ishlarini samarali tashkil etish to`g`risida”gi 120-sonli qarori qabul qilinib, viloyatda jami 29 ta jome masjidlarni 2018-2019 yillar davomida qayta qurilishi belgilab olingandi.

    Boshqa yangiliklar