“Obod Markaz” dasturiga tanlangan Asaka tumani markazini qayta qurish rejasi bo`yicha Asaka tumani Chek mahalla fuqarolar yig`ini hududidagi 50 gektar maydonda “Asaka Siti” barpo qilinadi.
“Asaka Siti” “O`zavtosanoat” AJ tomonidan zamonaviy loyihalar asosida qurilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Andijon viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Bugun dastlabki taklif loyihalarning muhokamasi bo`lib o`tdi. Muhokamada Andijon viloyati hokimining birinchi o`rinbosari Abdujabbor Egamberdiev, “O`zavtosanoat” AJ raisi Shavkat Umrzaqov, viloyat va Asaka tumani hokimligi boshqarma va bo`limlari boshliqlari, mutasaddi tashkilotlar mutaxassislari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, mahalla nuroniylari ishtirok etdilar.






