1

Zararni sudda to`lashga majbur bo`ldi

Jinoyat 03.10.2019, 11:54
Zararni sudda to`lashga majbur bo`ldi

Majburiy ijro byurosining Quyichirchiq tumani bo`limi xodimlari tomonidan tumandagi tosh maydalash sexida o`tkazilgan tekshirishda, sex tomonidan qonunga zid ravishda, 400 kVt. bo`lgan kuchlanish transformatorni o`zboshimchalik bilan o`rnatilib, ta`minotchi korxona bilan oldindan kelishmasdan, ijro-texnik hujjatlarini rasmiylashtirmasdan, shartnoma va hisobot dasturlariga kiritmasdan elektr tarmog`iga noqonuniy ulanib foydalanib kelganligi aniqlangan.

Mutaxassislarning xulosasiga ko`ra, korxona jami 103 440 kVt. elektr energiyasidan qonunga xilof ravishda foydalanganligi natijasida “Toshkent elektr tarmoqlari korxonasi” hududiy filiali manfaatlariga jami 107 mln. 759 mingso`m mikqdorida moddiy zarar etkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan korxona rahbari R.To`xtaevgaetkazilgan moddiy zararni o`rnini qoplagan taqdirda javobgarlikdan ozod etilishi haqidagi qonun normasi tushuntirildi.

Biroq, korxona rahbari belgilangan 30 kunlik muddatda zararni to`lab berish imkoniyatidan foydalanmadi. Shu sababli R.N.To`xtaevga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 185-2-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Ish sudga oshirildi, sudda jazo olishi mumkinligini bilgan rahbar R.N.To`xtaev etkazilgan zararni to`liq bartaraf etdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1