1

Sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasi fosh etildi

Jinoyat 03.10.2019, 16:33
Sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasi fosh etildi

Sifatsiz dori-darmon va farmasevtika mahsulotlari salomatlikka jiddiy xavf tug`dirishi shubhasiz. Chunki, turli sharoitda va belgilangan me`yorlarga rioya qilinmagan holda tashiladigan dori vositalari shifo o`rniga kasallikni yanada kuchaytirib yuborishi mumkin.

Afsuski, yuqoridagi oddiy haqiqatdan ko`z yumgan ayrim kimsalarni yurtdoshlarimizning salomatligidan ko`ra, mo`may daromad ko`proq qiziqtiradi.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi hamda DXX chegara qo`shinlari xodimlari Toshkent viloyati Bekobod tumani hududida noqonuniy dori vositalarini kirib kelishini oldini olishga qaratilgan tezkor tadbir o`tkazishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Tadbir davomida ko`shni mamlakat fuqarosi I.Yo. Toshkent viloyati Bekobod tumani hududida joylashgan davlat chegarasi yaqinida shubhali yuklar olib ketayotgan vaqtida to`xtatilib, xolislar ishtirokida tekshirildi.

Natijada, ushbu shaxs yuklari orasida xorijda ishlab chiqarilgan, tegishli hujjatlari bo`lmagan, qiymati taxminan 75 million so`mlik 16 xil turdagi 6369 dona dori vositalarni noqonuniy daromad olish maqsadida olib ketayotgani ma`lum bo`ldi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1