1

Noqonuniy yo`llar bilan olib kirilgan 180 million so`mlik tovar moddiy boyliklar aniqlandi

Jinoyat 03.10.2019, 16:35
Noqonuniy yo`llar bilan olib kirilgan 180 million so`mlik tovar moddiy boyliklar aniqlandi

Yurtimizga sifati kafolatlanmagan tovar-moddiy boyliklarini noqonuniy tarzda olib kirishga bo`lgan urinishlar bojxonachilar tomonidan o`z vaqtida bartaraf qilinmoqda.

Xususan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organ vakillari bilan hamkorlikda Yangiqo`rg`on tumanida tezkor tadbir o`tkazishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Tadbir davomida fuqaro T.O.ning yashash xonadoni hamda unga tegishli bo`lgan “Kia Bongo” rusumli avtomashina belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko`zdan kechirildi.

Natijada, ushbu xonadonda va avtomashinaning yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan va tegishli hujjatlari bo`lmagan umumiy qiymati 180 million so`mlik kiyim-kechaklar, xo`jalik buyumlari hamda maishiy texnika vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1