AsosiyJamiyat

​Har ikki yilda bir marta sentyabr oyida Qo`qon shahrida Xalqaro hunarmandchilik festivali bo`lib o`tadi

'​Har ikki yilda bir marta sentyabr oyida Qo`qon shahrida Xalqaro hunarmandchilik festivali bo`lib o`tadi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti "Xalqaro hunarmandchilik festivalini o`tkazib borishga oid chora-tadbirlar to`g`risida" Farmon imzoladi.

Farmonga ko`ra, har ikki yilda bir marta sentyabr oyida Qo`qon shahrida Xalqaro hunarmandchilik festivali hamda festival doirasida “Hunarmandchilik va xalq amaliy san`atini rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya o`tkaziladi.

Shuningdek, farmonda “Qo`qon – Jahon hunarmandchilik shahri” brendini keng targ`ib etish va mamlakatning sayyohlik salohiyatini oshirish ham ko`zda tutilgan.

Bundan tashqari, “Men Qo`qonga boraman” shiori ostida ikki bosqichdan iborat quyidagi ko`rgazma va ko`rik-tanlovlar tashkil etiladi:

birinchi bosqich – tuman (shahar)lar bo`yicha festival va ilmiy-amaliy konferensiya o`tkaziladigan yilning aprel oyida;

ikkinchi bosqich – Qoraqalpog`iston, viloyatlar va Toshkent shahri bo`yicha festival va ilmiy-amaliy konferensiya o`tkaziladigan yilning iyun oyida.

“O`zbekkino” milliy agentligi festivalni targ`ib qiladigan qisqa va to`liq metrajli hujjatli filmlar ishlab chiqishi belgilangan.

    Boshqa yangiliklar